O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlovi eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, Shirin shahar va Sayxunobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridagi vakant «Davlat mehnat huquq inspektori» lavozimlariga nomzodlar hujjatlari onlayn ravishda qabul qilinmoqda. Tanlov eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, Shirin shahrida 2022 yilning 22-sentyabr kuniga qadar hamda Sayxunobod tumanida 2022 yilning 26-sentyabr kuniga qadar nomzodlar hujjatlarini onlayn ravishda topshirishlari mumkin.

MALAKAVIY TALABLAR

— oliy maʼlumotli (huquqshunos);
— ixtisosligi bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish;
— sohaga oid qonun hujjatlarining mohiyatini tushunish va tushuntira olish;
— kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
— davlat tilini mukammal bilish;
— yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;
— tashabbuskorlik hislatiga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.

Ushbu lavozim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PF-29 sonli Farmoniga asosan ta‘sis etilgan hokim yordamchisiga otgan xodimning ish o‘rni hisoblanib, lavozimiga tayinlanadigan fuqaro bilan mehnat shartnomasi muddatli ya‘ni xodim ish o‘rniga qaytgunga qadar muddatga tuziladi.

LAVOZIMIY MAJBURIYATLARI

1. “Mehnat kodeksi” va “Aholini ish bilan taʼminlash to‘g‘risida”gi qonunchilikning bajarilishi ustidan davlat nazoratini olib boradi.
2. O‘rnatilgan tartibda bosh boshqarmaga qilingan ishlar, shaharda “Mehnat kodeksi” va “Aholini ish bilan taʼminlash to‘g‘risida”gi qonunchilikka rioya qilinishi bo‘yicha hisobot beradi.
3. Mehnat va aholini ish bilan taʼminlash to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini qo‘llash va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi hamda markaz va bosh boshqarma rahbariyatiga har chorak yakuni bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risida umumlashtirilgan hisobot taqdim etadi.
4. Odam savdosi bo‘yicha markaz ish rejalarini, bayonnomalarni ishlab chiqadi hamda tuman Ishchi komissiyasining ish rejasi va bayonnomalarini tegishli bandlari bo‘yicha Ishchi komissiyasiga maʼlumot taqdim etib boradi.
5. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Respublika Kengashi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida tuman hududida joylashgan ho‘jalik yurituvchi subyektlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazadi (tekshirish xuquqiga ega bo‘lgan taqdirda).
6. Bosh boshqarma boshlig‘i bilan kelishilgan viloyat xokimi tomonidan tasdiqlangan byudjet ish rejasi asosida tuman hududida joylashgan tashkilot, korxona va muassasalarda tekshirish o‘tkazadi.
7. “Aholini ish bilan taʼminlash to‘g‘risida”gi Qonun talabi asosida joylarda korxonalar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi hisobotlarning topshirilishini nazorat qiladi, hisobtlarning haqqoniyligi, topshirilayotgan hisobotlarda bo‘sh ish o‘rinlarining haqiqatda ko‘rsatilayotganligi yuzasidan tekshirish va monitroinglar o‘tkazadi.
8. Halqaro Mehnat tashkiloti tomonidan ratifikatsiya qilingan “Eng kichik yosh to‘g‘rsida”gi Konvensiya talablaridan kelib chiqib, shaharda bu borada olib borilayotgan ishlarni nazorat qiladi.
9. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi tomonidan qabul qilgan qaror, bayonnomalar ijrosini taʼminlaydi, joylarda voyaga yetmaganlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni taʼminlaydi.
10. Xuquqbuzarlik proflaktikasi bo‘yicha tuman Ishchi komissiyasining tizimga tegishli topshiriqlari ijrosini taʼminlaydi.
11. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman Ishchi komissiyasining tizimga tegishli topshiriqlari ijrosini taʼminlaydi.
12. Xotin-qizlarni mehnat xuquqlarini buzilishini oldini olish yuzasidan zarur choralarni ko‘radi.

ISH SHAROITLARI

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma.
Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Oylik ish xaqiga qo‘shimcha ustamalar beriladi:
— oylik ish haqiga qo‘shimcha 10 % ustama haqi (shaxsiy ustama);
— moddiy rag‘batlantirish va ish samaradorligi oshirish maqsadida
— oylik ish haqiga qo‘shimcha 20 % dan – 25 % gacha ustama haqi (moddiy rag‘batlantirish);
— o‘z ish vazifalarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarish maqsadida
— har chorak yakuni buyicha bir oylik ish haqining 50 % miqdorida mukofotlash;
— ayrim bayram va boshqa muhim sanalar munosabati bilan bir oylik ish haqining 50 % gacha mukofotlash;
— ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimcha to‘lov;
(mehnat davrlariga qarab) 3-5-yillar – 20%, 5-10-yillar – 40%, 10-15-yillar – 60%, 15 yildan yuqorisi 80%;
— Mehnat taʼtilga chiqqan davrda bir oylik ish haqi miqdorida moddiy yordam;
— To’y va marosim sababli moddiy yordam ko‘rsatish;
— 3 yilda bir marta davolanish uchun sihatgoxga (sanatoriy) yo‘llanma (kasaba uyushmasi tomonidan 45 % to‘lovi bilan);
— Har yili farzandlarning dam olish maskanlariga yo‘llanma (kasaba uyushmasi tomonidan 50 % to‘lovi bilan);
— Yubiley munosabati bilan sovg‘a bilan taqdirlash.

Onlayn ariza yuborish:Shirin shahar

Onlayn ariza yuborish: Sayxunobod tumani

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin