Avvalroq, mazkur murojaat Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilayotganligi, natijalari yuzasidan batafsil axborot berilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

O‘rganish xulosalariga ko‘ra, Markaziy bank Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi telefonagrammasida texnik xatoga yo‘l qo‘yilganligi, yig‘ilish sanasi 10-sentyabr deya nato‘g‘ri qayd etilganligi aniqlandi (bu haqdagi tegishli hujjatlar ilova qilinmoqda).

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq faollariga, Bandlik va mehnat munosabatlari sohasi faoliyatiga befarq bo‘lmayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin