Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Davlatimiz rahbari tomonidan 2022 yil 30-avgust kuni imzolangan «Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ366-sonli qaror mazmun mohiyatiga bag‘ishlandi. Unda viloyat Davlat soliq boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyat boshqarmasi, Guliston shahar hokimligi rahbariyati, shuningdek shahardagi mahallalar fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari ishtirok etishdi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev mazkur Prezident qarori haqida tayyorlangan taqdimot asosida hokim yordamchilariga — o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari, kooperatsiya va kasanachilik yo‘nalishida subsidiyalar ajratish, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar, shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida yuritiladigan fuqarolar uchun qo‘shimcha imtiyozlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun rag‘batlantiruchi mexanizmlar, hamda mehnatga layoqatli aholini ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha yangi tartib joriy etilganligi haqida atroflicha tushunchalar berib o‘tdi hamda ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berdi.

Bu kabi amaliy seminarlar, viloyatimizning barcha hududlarida, tuman va shaharlaridagi mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida o‘tkazilib kelinmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin