Bugun Sirdaryo va Sayxunobod tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʻrlik, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilish oqibatlari va oldini olish boʻyicha fikr yuritildi.

Shuningdek, xodimlarga egallab turgan lavozimlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush xolatlarning oldini olish, korrupsiyadek illatga yoʻl qoʻymaslik, aks xolda ayanchli yakun topishi taʻkidlandi.

Eslatib o’tamiz, Sirdaryo viloyati bo‘yicha Bandlik sohasida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, Telegram’dagi @SVBandlik_Anticor, Instagramdagi SVBandlik_anticor va ishonch telefoni +99878-2211002 hamda svbandlik.uz veb sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin: shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!

By admin