Guliston shahar “Ishga marhamat” monomarkazida “NEYL STILIST” yoʻnalishining yakuniy imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan yana bir guruh tinglovchilarga oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatlar tantanali topshirildi.

Bitiruvchilar 2 oy davomida kasbiy koʻnikmalarini oshirishda mahoratlarini ayamay bilim bergan ustoz va murabbiylariga minnatdorchilik bildirishdi. Shuningdek, monomarkaz jamoasi tinglovchilarning kelgusi faoliyatlariga omad tilashdi.

Mazkur yoʻnalishlarda puxta oʻrganib, hunarli boʻlishni istagan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʻchasi 49-uy 

📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17

By admin