Ochilish marosimida Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov ishtirok etdi.

Tuman tibbiyot birlashmasi qoshida 106 ta shtat birligiga ega boʻlgan, ixtisoslashtirilgan “Jarrohlik boʻlimi” ochildi. Qayd etish lozimki, shu kunga qadar tuman aholisi jarrohlik amaliyotini oʻtkazish masalasida viloyat hamda Guliston shahar tibbiyot birlashmalariga murojaat qilar edi. Yangi tashkil etilgan boʻlimda 21 ta vrachlik, 53 ta oʻrta tibbiyot xodimi, 27 ta kichik tibbiyot xodimlari hamda 5 ta maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari mehnat faoliyatlarini boshlaydi.

Mazkur jarrohlik boʻlimida hozirgi kun talabiga javob beradigan 2 ta operatsion blok, 5 ta reanimatsiya intentiv palata, shuningdek, IVL, zamonaviy ultra tovush hamda EKG apparatlari olib kelib oʻrnatilib, toʻliq tibbiy anjomlar bilan taʼminlandi.

By admin