Yurtimizda bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish, band boʻlmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish, mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirish boʻyicha keng islohotlar olib borilmoqda.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻzaro hamkorlikda samarali natijalarga erishilmoqda.

Hamkorlikning uzviy davomi sifatida bugun viloyat Bandlik bosh boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi oʻrtasida memorandum imzolandi.

Viloyat Bandlik bosh boshqarmasida oʻtkazilgan tantanali marosimda tomonlar oʻzaro qiziqish uygʻotadigan masalalarni birgalikda amalga oshirish, oʻzlarining vakolatlari doirasida manfaatli munosabatlarni qoʻllab-quvvatlash, istiqbollarini belgilash va yanada rivojlantirishga kelishildi.

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilarining oilalarida xotirjamlik boʻlsa, ishchanlik darajasi yanada yuqori boʻlaveradi.

Shu bois ham ularning oila aʼzolari, ayniqsa, 18 yoshga yetgan farzandlarini kasbga yoʻnaltirish, kasbiy qiziqishi va layoqatini inobatga olgan holda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi, kasb-hunarga oʻqitish markazlarida hamda usta-shogird usulida oʻqitishga alohida eʼtibor qaratiladi.

By admin