Mirzaobod tumani “Yuldoshobod” mahallada Oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda mahalladagi ishsiz xotin-qizlar uchun «Bandlik maydonchasi» tadbiri tashkil etildi.

Tadbirga uzoq muddat bola parvarishi va boshqa sabablarga ko‘ra uyda o‘tirib qolgan, xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda norasmiy sektorda band bo‘lgan xotin-qizlar jalb etildi. Unda ishtirok etgan 25 nafar ayollardan 3 nafari «GOLD YARN TEXTIL» MCHJga, 5 nafari kasb-hunarga o‘qitishga (kasanachilik), 7 nafari mavsumiy ishlarga yo‘naltirildi.

By admin