Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida уapon tili boʻyicha yangi guruh darslariga start berildi

Hozirda mazkur yoʻnalishda 12 nafar tinglovchi уapon tili oʻqituvchisi Shuhrat Usmonovdan puxta bilim olishmoqda.

Oʻquv kursi yakuni bilan bitiruvchilarga oʻrta-maxsus kasb-hunar taʻlimi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikat topshiriladi v yapon tilini N4 darajada oʻzlashtirganlar Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan tanlov asosida kunchiqar yurtga ishga yuboriladi.

Bunday imkoniyatdan foydalanishni xohlovchi fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʻchasi 49-uy

📞 Telefon: 78 221-10-02, 78 221-10-13, 67 236-44-22, 97 909-71-17

By admin