O’zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi tizim tashkilotlarida 3 noyabrdan 2 dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” eʼlon qilingach, tuman, shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari va viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufiy tashkilot, muassasalarida davra suhbati, o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

Bugun boshqarmaning majlislar zalida oylik sarhisobi va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish maqsadida “Korrupsiyasiz hayot” shiori ostida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Alimov ochdi va boshqardi. Unda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi vakillari, boshqarma xodimlari, Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlari masʼullari ishtirok etdi. Shuningdek, tuman, shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari xodimlari videokonfrensaloqa orqali qatnashdilar.

Ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlab, chek qo‘yish, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi aniq hayotiy misollar bilan tushuntirildi.

Tadbirda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limida bo‘linma boshlig‘i J.Xo‘jamqulov so‘zga chiqib, bandlik tizimida korrupsiyaga yo‘l ochishi mumkin yo‘nalishlar, ayniqsa, ijtimoiy sohalarda bo‘sh ish o‘rinlarni yashirish yoki vakand lavozimlarga xodim olishda manfaatlar to‘qnashuvi xolatlari yuz berishini taʼkidlab o‘tdi. Bundan tashqari, baʼzi korxonalarda to‘liq stavkali ish o‘rnini 0,5 yoxud 0,25 stavkalarga bo‘lib, tanish-bilishlarni ishga olish kabi qonunbuzilishlar sodir etilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.

By admin