Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni taʼsis etildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Murod Muhammadiyev Muqumovich “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

M.Muhammadiyevga davlatimiz ravnaqi va aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, xalqni rozi qilish borasida fidokorona mehnatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

By admin