Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sirdaryo viloyati filiali hamda Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun «Pilot» loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining ООО «ВелесстройМонтаж» qurilish korhonasi ish beruvchilari ishtirokida online tarzda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo‘yicha tashkil etilgan tanlovda 30 dan ortiq nomzodlar ishtirok etib shundan 16 nafari kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olindi.

Tanlovda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, jumladan, ish vaqtlari va agar qo‘shimcha ishlash imkoniyatlari bo‘lsa u bilan bog‘liq ish haqlari, yashash sharoitlari, patent va transport (ketish bilan bog‘liq yo‘l harajatlari v.h.k) xarajatlari bilan bog‘liq masalalarda Rossiya ish beruvchilari tomonidan javob olishdi.

By admin