Guliston shahar «Ishga marhamat» monomarkazida «NEYL STILIST» yo‘nalishining yakuniy imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan yana bir guruh tinglovchilarga o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatlar tantanali topshirildi.

Bitiruvchilar kasbiy ko‘nikma, yuqori saviyada bilim bergan ustoz va murabbiylariga minnatdorchilik bildirishdi. Shuningdek, monomarkaz jamoasi tinglovchilarning kelgusi faoliyatlariga omad tilashdi.

Mazkur yo’nalishlarda puxta o‘rganib, hunarli bo‘lishni istagan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy 

📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17

By admin