Guliston shahridagi “Baxt” mahallasida viloyat prokurori – 2-sektor rahbarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabul doirasida viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi tomonidan “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Unda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga 15 dan ortiq korxona, tashkilotlardagi 370 ga yaqin mavjud boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi. Shuningdek, Guliston “Ishga marhamat” monomarkazi va Arxitektura va qurilish texnikumi qoshidagi “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi” masʼullari kasb-hunarga oʻrgatish va xorijiy tillarga oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha batafsil maʼlumot berishdi.

Mehnat yarmarkasida 15 nafar ishsiz fuqaroga doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashish uchun yoʻllanma berilgan boʻlsa, 23 nafar fuqaroga kasb-hunar oʻrgatiladigan boʻldi. Bundan tashqari, 70 nafar murojaatchi mehnat qonunchiligi borasida huquqiy maslahatlar olishdi.

By admin