Mirzaobod tumanida xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamining muammolarini aniqlash va tizimli hal etish maqsadida mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorlikda faoliyat yuritishmoqda.

“Toshkent”, “Doʻngariq” hamda “Bahoriston” mahallalarida “Ayollar daftari” boʻyicha olib borilgan xatlov jarayonida 23 nafar xotin-qizning bandlik masalasida aniqlangan muammolari tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlari tomonidan atroflicha oʻrganilib, zaruriy choralar koʻrildi. Maslahat soʻragan fuqarolarga mehnat qonunchiligi borasida huquqiy tushunchalar berildi.

By admin