Ishtirokchilar monomarkazdagi elektrik, mebel jihozlarini yasash va taʼmirlash, payvandlash ishlari ustasi kabi bugungi kunda serdaromad boʻlgan kasb-hunarlarga ixtisoslashgan yoʻnalishlarda olib borilayotgan dars jarayonlar bilan tanishib, tinglovchilarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar toʻgʻrisida batafsil tushuncha berildi.

Maʼlumot oʻrnida, Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida yuqoridagi yoʻnalishlardan tashqari santexnik, alyuminiy va pdastik profillari bilan ishlash, avtoservis xizmat koʻrsatish, oshpaz, qandolatchi, zargar, tikuvchi, sartarosh, kosmetolog, issiqxona boʻyicha mutaxassis kabi jami 20 ta kasb-hunarga ixtisoslashgan va 4 ta axborot texnologiyalar yoʻnalishi hamda xorijiy tillarni oʻrgatish kurslari mavjud.

By admin