Guliston shahar “Ishga marhamat” monomarkazida “Muzlatgich va sovutgichlarni (konditsioner,xolodilnik) ta’mirlash ustasi” yoʻnalishi boʻyicha oʻqish kurslari qizgʻin davom etmoqda.

Tinglovchilar mahoratli ustozlaridan puxta bilim olib, mazkur yoʻnalishning eng nozik jihatlarini ham sinchkovlik bilan oʻrganishmoqda. Shuningdek, ularga zamonaviy asbob-uskunalardan toʻgʻri foydalanish bilimi berilayapti.

Bitiruvchilar 3 oylik oʻquv-kursini muvaffaqiyatli tamomlagach, oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatga ega boʻlishadi.

Ushbu kasbda oʻqib, mutaxassis boʻlish niyatida boʻlgan fuqarolarni monomarkazga taklif etamiz.

⏱ Dasrlar haftada dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha oʻtiladi.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir koʻchasi 49-uy

📞 Telefon: +99867 236-44-22 97-909-71-17

By admin