Mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari natijasida hududlar ko‘rkam qiyofaga qirmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyat boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar xonadonlari ta’mirlab berilayapti. Shuningdek, tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan va o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning takliflari, murojaatlari o‘rganilmoqda. Muammo va kamchiliklarini bartaraf etish choralari ko‘rilayotir.

Ishchi guruh a’zolari Boyovut tumanining “Qaropchi” mahallasidagi tadbirkorlar bilan uchrashish davomida faoliyatlarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalasida fikr almashdilar. Yangi g‘oyalarni ilgari surgan talabgorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, “Qaropchi” mahallasida joriy yil 5 oy mobaynida 2 ta issiqxona, 2 ta tikuv chexi, 2 ta qandolatchilik, 1 ta novvoyxona, 1 ta kompyuter hamda 1 ta avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta umumiy ovqatlanish va musqaymoq markazi, 1 tadan erkaklar va ayollar sartaroshxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

By admin