Shirin shahar hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida shahardagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududida ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda hududda faoliyat olib borayotgan 10 ta korxona va tashkilot 240 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Yarmarka natijasida 34 nafar ishsiz fuqaroga o‘zlari uchun maʼqul kelgan doimiy, 7 nafar fuqaroga esa haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘llanmalar berildi. SHuningdek, 20 nafar ishsiz ayol ustoz-shogird anʼanasi bo‘yicha tikuvchilik yo‘nalishida o‘qishga yuboriladigan bo‘ldi hamda 50 dan ortiq fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

By admin