“Inson huquqlari – oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida, Sayxunobod tumani adliya boʻlimi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boʻlimi, Oila va xotin qizlar boʻlimi, Pensiya jamgʻarmasi, Elektrtarmoqlari va Suvta’minot korxonasi mas’ul xodimlari ishtirokida «Paymard» MFYda ommaviy sayyor qabul va xizmatlar oʻtkazildi.

Sayyor qabul jarayonida jami tuman adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan 10 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, shundan 5 nafar fuqaroning murojaatlariga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 nafar fuqaroning murojaati oʻrganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, jarayonda 24 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.

By admin