Taʼziya: Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda tizimdagi tashkilotlar jamoasi sohamiz rivojiga beminnat hissa qo‘shgan — betobligi sababli 45 yoshida bevaqt vafot etgan Yangiyer shahar hokimi Xo‘jayev Ilyor Axmad o‘g‘lining oila aʼzolari hamda uning barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi

Yangiyer shahar aholisining bandligi taʼminlanishida barcha kuch-g‘ayratini ayamagan, masʼuliyatli rahbar, samimiy va kamtarin inson sifatida Ilyor Axmadovichning yorqin xotirasi bandlik sohasi xodimlari qalblarida mangu qoladi.