Guliston «Ishga marhamat» monomarkazida «Xon atlas» haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbir o‘ziga xosligi va liboslardagi milliylimiz va zamonaviylikning uyg‘unlashgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, milliy modalar namoyishi bilan birga maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, chellenjlar, viktorina va bellashuvlar tashkil etildi.
Milliy liboslarimizda xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlib, mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarimizning shu kabi madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaydi.