Quyidagilar Bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yo`nalishlari hisoblanadi:
1)kambagʼallikni qisqartirish sohasida:
-kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha strategiya dasturlarni ishlab chiqish va amalgaoshirish;
-aholi daromadlari tabaqalashuvini oʼrganish va maqsadli dasturlari bilan oʼzaro muvofiqlashtirish;
-kambagʼallikni qisqartirish borasida nodavlat sektori bilan hamkorlik qilish;
-hududlarning salohiyatini kambagʼal aholi daromadini oshirishga safarbar etish;
-«mahallabay» ishlash tizimi orqali kambagʼal aholi bilan manzilli ishlash.
2)mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
-mahallabay ishlash tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish;
-aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
-tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishni yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-hokimliklar bilan qoʼllab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish.
3)aholi bandligiga koʼmaklashish va mehnat munosabatlari sohasida:
-mehnat resurslari balansini shakllantirish, yangi ish oʼrinlari tashkil etish dasturlarini shakllantirish;
-ishsizlarning bandligiga koʼmaklashish;
-mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash;
-milliy malaka tizimini rivojlantirish, ishsizlarni kasb-hunargaoʼqitish;
-fuqarolarni xorijga ishlashga ketishdan oldin tayyorlash, chet elda haqhuquqlarini taʼminlash, xorijdan qaytganlarning bandligiga koʼmaklashish.
4)mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash sohasida
-mahallalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, infratuzilmasini rivojlantirish;
-«Mahalla byudjeti»ni shakllantirish va mahallaning ijtimoiy muammolarini hal etish;
-«Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilini toʼlaqonli va samarali joriy etish;
-aholining ijtimoiy va moddiy qoʼllab-quvvatlashga koʼmaklashish;
-nuroniylarni ijtimoiy faolligini oshirish.
5)oila va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash sohasida:
-oilaning tarbiyaviy-taʼlim saloxiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash;
-xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʼrni va faolliginioshirish, gender tenglikni taʼminlash;
-xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, xotin-qizlarga tayziq va zoʼravonlikka qarshi kurashish;
-oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʼrsatish;
-xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash yoʼnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatiri vojlanishiga koʼmaklashish.