Shu bilan birgalikda aholi va tadbirkorlik su’bektlarida mavjud muammolarini yechimi va huquqiy maslahatlar berish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati qabuli ham birgalikda o`tkazildi va fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi.

Tadbirda 250 nafar o‘zlari tanlagan lavozimlarga tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan ishga joylashishlari uchun yo‘llanma berildi.

Bundan tashqari 110 nafar fuqarolarga kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanma asosida yuborildi.

Shuningdek 300 nafar fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda  huquqiy maslahatlar berildi.

Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali mas’ullari tomonidan xorijda yuqori daromadli bo‘sh ish o‘rinlari, ish beruvchilarning talab va takliflari, chetga ketish tartibi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Kasb-hunar o‘rganishni xohlovchilar uchun Guliston, Sardoba ”Ishga marhamat” monomarkazlari va Oqoltin, Sayxunobod, Xovos kab hunarga o‘qitish markazlarining kasb hunarga o‘qitish uchun 28 ta yo‘nalishlari bo‘yicha yanada yaqindan tanishtirish yuzasidan ko‘rgazmali taqdimotlar o‘tkazildi.

By admin