Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining vaqtinchalik
NIZOM
I-bob.Umumiy qoidalar
1.Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi asosiy vazifalari va funktsiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funktsional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
2.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi:
-kambagʼallikni qisqartirish, aholi bandligiga koʼmaklashish, oila va xotin-qizlar, mahallalar faoliyatini, tadbirkorlikka koʼmaklashish, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʼrsatish sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, hududlarning salohiyatini aholining kambagʼal qatlami daromadini oshirishga safarbar etish, “mahallabay” ishlash tizimi orqali kambagʼal aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish;
-mahallabay ishlash orqali aholini daromadli mehnat bilan band qilish, mahallalarda tadbirkorlikka koʼmaklashish, tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishning yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-mehnat bozorini tartibga solish boʼyicha siyosatni amalga oshirish, bandlikni taʼminlash va ishsizlikni kamaytirish instrumentlarini rivojlantirish, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy qilish, mehnat munosabatlarini takomillashtirish, mehnat huquqlari, mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash;
-jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, oila va xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini oʼz vaqtida aniqlash va yordam koʼrsatilishida koʼmaklashish;
-mahallalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash va rivojlantirish, jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili toʼlaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama koʼmaklashish, nuroniylarning ijtimoiy faolligini, ularning jamiyat boshqaruvi, fuqarolar huquqlari taʼminlanishidagi rolini oshirish;
-keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʼrsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish, tibbiyijtimoiy muassasalarning faoliyatini samarali tashkil etish boʼyicha vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi hamda oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga (keyingi oʼrinlarda – bandlik vazirligi) boʼysunadi.
3.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va idora boʼysunuvidagi boʼlinmalar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, oʼzining mustaqil balansiga, shaxsiy Gʼazna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga, shu jumladan xorijiy hisob varaqlariga ega.
5.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining rasmiy nomi:
a)davlat tilida:
toʼliq nomi – Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, qisqartirilgani – Bandlik bosh boshqarmasi;
b)ingliz tilida:
toʼliq nomi – Head Department of Employmentand Poverty Reduction of the Sirdarya region, qisqartirilgani – General directorate of Employment;
d)rus tilida:
toʼliq nomi – Главное управление занятости и сокращения бедности Сирдарьинской области, qisqartirilgani – Главупрзанятости.
6.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining joylashgan joyi (pochta manzili): 120100, Guliston shahri, Shodlik mahallasi Istiroxat bogʼi hududi.
II-bob. Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimi
7.Quyidagilar Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimiga kiradi:
Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining markaziy apparati;
Tuman (shahar) Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimlari;
Oila va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash boshqarma;
Mahallabay ishlash, tadbirkorlik va bandlikka koʼmaklashish boshqarmasi;
Аholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʼarmasi;
Hokim yordamchilari;
Hududiy bosh tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi;
Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi;
Jamoat ishlari jamgʼarmasi;
Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga va tegishli ravishda Sirdaryo viloyati hokimligiga boʼysunadi va hisobot beradi.
8.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi oʼz vazifalari va funktsiyalarini bajarishda boshqa davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
III-bob. Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining vazifalari va funktsiyalari
1-§. Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining vazifalari va funktsiyalari
9.Quyidagilar Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va uning hududiy boʼlinmalari faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a)kambagʼallikni qisqartirish sohasida:
-kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha strategiya dasturlarni ishlab chiqish va amalgaoshirish;
-aholi daromadlari tabaqalashuvini oʼrganish va maqsadli dasturlari bilan oʼzaro muvofiqlashtirish;
-kambagʼallikni qisqartirish borasida nodavlat sektori bilan hamkorlik qilish;
-hududlarning salohiyatini kambagʼal aholi daromadini oshirishga safarbar etish;
-«mahallabay» ishlash tizimi orqali kambagʼal aholi bilan manzilli ishlash.
b)mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
-mahallabay ishlash tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish;
-aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
-tadbirkorlikni muhim drayverga aylantirishni yangi yondashuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
-hokimliklar bilan qoʼllab-quvvatlash va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish.
d)aholi bandligiga koʼmaklashish va mehnat munosabatlari sohasida:
-mehnat resurslari balansini shakllantirish, yangi ish oʼrinlari tashkil etish dasturlarini shakllantirish;
-ishsizlarning bandligiga koʼmaklashish;
-mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash;
-milliy malaka tizimini rivojlantirish, ishsizlarni kasb-hunargaoʼqitish;
-fuqarolarni xorijga ishlashga ketishdan oldin tayyorlash, chet elda haqhuquqlarini taʼminlash, xorijdan qaytganlarning bandligiga koʼmaklashish.
e)mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash sohasida
-mahallalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, infratuzilmasini rivojlantirish;
-«Mahalla byudjeti»ni shakllantirish va mahallaning ijtimoiy muammolarini hal etish;
-«Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilini toʼlaqonli va samarali joriy etish;
-aholining ijtimoiy va moddiy qoʼllab-quvvatlashga koʼmaklashish;
-nuroniylarni ijtimoiy faolligini oshirish.
f)oila va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash sohasida:
-oilaning tarbiyaviy-taʼlim saloxiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash;
-xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʼrni va faolliginioshirish, gender tenglikni taʼminlash;
-xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, xotin-qizlarga tayziq va zoʼravonlikka qarshi kurashish;
-oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʼrsatish;
-xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash yoʼnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatiri vojlanishiga koʼmaklashish.
g)tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish sohasida:
-keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʼrsatish strategiyani shakllantirish;
-ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va yangilab borish;
-davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar roʼyxatini ishlab chiqish va yangilab borish;
-«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarining faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
-nogironligi boʼlgan shaxslarni tibbiy, ijtimoiy, kasbiy va jismoniy reabilitatsiya tizimini rivojlantirish.
Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi oʼziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Kambagʼallikni qisqartirish sohasida:
-iqtisodiy oʼsishning inklyuzivligini tahlil qilish va taʼminlash, davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, halqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kambagʼallikni qiskartirish boʼyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish;
-kambagʼallikni qisqartirishning aniq dastakva mexanizmlarini ishlab chiqish, xorij tajribasini inobatga olgan holda kambagʼallik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini, ijtimoiy taʼminotning minimal standartlari meʼyoriy asoslarini ishlab chiqadi;
-Milliy barqaror rivojlanishning maqsad va vazifalariga erishish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yashash minimumi va minimal isteʼmol savatchasini hisoblash metodologiyasini ishlab chiqish hamda aholi daromadlari tabaqalashuvini oʼrganish boʼyicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan oʼzaro muvofiqligini taʼminlaydi.
1)Аholi bandligiga koʼmaklashish va mehnat munosabatlari sohasida:
-aholi bandligini taʼminlashga doir maqsadli kompleks choratadbirlarni ishlab chiqish, yangi ish oʼrinlari tashkil etish uchun davlat buyurtmasini va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ishga joylashtirish uchun kvotalar belgilash masalalarini amalga oshiradi;
-murojaat qilgan ishsizlarning ishga joylashtirilishini taʼminlash, aholini jamoat ishlarida ishtirok etishga jalb qilish, birinchi navbatda, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yoʼl va uy-joy-kommunal infratuzilma obʼektlarini qurish, taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish, shahar va tumanlarni obod qilish, mavsumiy qishloq xoʼjaligi ishlarini tashkil etish orqali jalb qiladi;
-ishga muhtoj shaxslarni, ayniqsa, band boʼlmagan yoshlarni, nogironligi boʼlgan shaxslarni va ishsizlarni iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish masalalari bilan shugʼullanadi;
-mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, kasb va mehnat standartlari, gender tenglikka rioya etishni taʼminlash, band boʼlmagan aholini kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor shartsharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni tezlikda ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ular yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
-ishga joylashtirish jarayoniga ilgʼor axborot texnologiyalarini faol jalb qilish, shu jumladan milliy mehnat tizimini va vakansiyalar Milliy bazasini yuritishni nazarda tutuvchi dasturiy majmuani yaratish hamda muntazam rivojlantirib boradi;
-mehnat va bandlikni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini ekspertizadan oʼtkazish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy ragʼbatlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʼyicha aniq chora tadbirlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
-mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtiradi;
-mehnat, bandlik va mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va mustahkamlash masalalari boʼyicha shugʼullanadi;
-mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʼyicha aholi va ish beruvchilar oʼrtasida keng axborot-tushuntirishishlarini olib boradi:
2)Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
-viloyatda tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritadi;
-mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va oʼqitish hamda oʼzini-oʼzi band qilish faoliyatiga yoʼnaltiradi;
-mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida qonunchilikda belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari va xoʼjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlik qiladi;
-mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash sohasida:
Mutasaddi Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, idoralar bilan birgalikda mahallalarning jamiyatdagi oʼrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi;
Manfaatdor Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, idoralar va mahalliy hokimliklar bilan kelishgan holda mahallalarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash choralarini koʼradi;
Mahalla institutini rivojlantirishning mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish, «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilini joriy etish choralarini koʼradi;
Mahallalarda «Bir nuroniy oʼn yoshga masʼul» tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʼrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi;
-mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytiradi;
Keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida «Nuroniylar maskani» majmualarida va mahallalarda turli madaniy maʼrifiy tadbirlar oʼtkazilishini tashkil etadi;
-mahalla raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʼyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʼrsatishini taʼminlaydi;
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida nuroniylar tashabbusi va tajribasidan keng foydalangan holda mahallalarda obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish boʼyicha dasturlarni ishlab chiqishni va bajarilishini tashkil etadi.
5) tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish sohasida:
-keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʼrsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
-tibbiy-ijtimoiy muassasalarning, jumladan, «Muruvvat» nogironligi boʼlgan shaxslar uchun internat uylari hamda «Saxovat» keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslar uchun internat uylarining keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslarga xizmat koʼrsatish boʼyicha faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi;
-keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʼrsatishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish sohasida ishlarni amalga oshiradi;
-nogironligi boʼlgan shaxslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʼtkazilishini hamda mutaxassislar tayyorlashni tashkil etadi;
-muhtoj shaxslarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash faoliyatini tashkil etadi;
-tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʼrsatishning samaradorligini ilgʼor xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendentsiyalari asosida tahlil qilish va monitoring olib boradi;
-tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati, nogironligi boʼlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi;
-odam savdosidan jabrlanganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish va psixologik qoʼllab-quvvatlash tizimini muvofiqlashtiradi.
6)oila va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash sohasida:
-xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʼrni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qiladi;
-oila va xotin-qizlarning muammolarini oʼz vaqtida aniqlash, ogʼir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʼrsatadi;
-xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʼlgan kasblar boʼyicha bilim va koʼnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etadi;
-xotin-qizlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʼyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
-xotin-qizlar yoʼnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam beradi.
10.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi toʼgʼridan-toʼgʼri, shuningdek hududiy boʼlinmalar va uning buysunuvidagi boshqa tashkilotlar orqali oʼziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni amalga oshiradi.
11.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajarishi mumkin.
2-§.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi markaziy apparatining vazifalari va funktsiyalari
12.Quyidagilar Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi markaziy apparatining vazifalari hisoblanadi:
1)hududiy boʼlinmalar va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar bilan birgalikda Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
2)kambagʼallik darajasini aniqlash mezonlari va baholash uslubiyotini ishlab chiqish;
3)kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, kambagʼallikni qisqartirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
4)aholi daromadlari tabaqalashuvini oʼrganish boʼyicha tizimli ishlarni olib borish hamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan oʼzaro muvofiqligini taʼminlash;
5)murojaat qilgan ishsizlar bandligiga koʼmaklashish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish;
6)inklyuziv bandlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini ng bandligiga koʼmaklashish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
7)mamlakat mehnat bozorining amaldagi holatini puhta tahlil qilish asosida aholini ish bilan taʼminlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish;
8)ishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
9)milliy malaka tizimini rivojlantirish, mehnat bozori uchun kerak boʼlgan kasbiy koʼnikmalarni shakllantirishga koʼmaklashish;
10) munosib mehnat tamoyillarini keng joriy qilish, fuqarolarning mehnat hukuqlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi va xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash, mehnatga haq toʼlash, kasb va mehnat standartlari hamda mehnat munosabatlarini takomillashtirish;
11) mehnat, mehnatni muhofaza qilish va bandlik sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish, mehnat sharoitlari ekspertizasini amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy ragʼbatlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish boʼyicha aniq choratadbirlarni amalga oshirish;
12)mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʼyicha aholi va ish beruvchilar oʼrtasida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
13)mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish, kasb va mehnat standartlari sohasida normativhuquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ular yuzasidan nazoratni amalgaoshirish;
14)mehnatga haq toʼlashni normalash, mehnat standartlarini joriy etish va mehnat munosabatlarini takomillashtirish;
15)kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtirish;
16)xavfsiz, tartibli va tashkillashtirilgan mehnat migratsiya tizimini rivojlantirish, fuqarolarni xorijga ishlashga ketishdan oldin tayyorlash, chet elda ularning haq-huquqlarini taʼminlash, xorijdan qaytgan mehnat migrantlarining bandligiga koʼmaklashish boʼyicha davlat siyosatini yuritish;
17) xususiy bandlik agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish;
18)Oila instituti va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash sohasida yagona davlat siyosatni yuritish;
19)mahallalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, infratuzilmasini rivojlantirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish;
20)mahalla fuqarolar yigʼinlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qoʼllash amaliyotini taʼminlash;
21)»Mahalla byudjeti»ni shakllantirishda va mahallaning ijtimoiy iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʼarmasi faoliyatini samarali tashkil etishda mahallalarga koʼmaklashish;
22)Jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilini toʼlaqonli va samarali joriy etilishida hamda aholining huquqiy madaniyatni oshirish mahallalarga har tomonlama koʼmaklashish;
23)aholini ijtimoiy va moddiy qoʼllab-quvvatlash, ularning muammolarini oʼrganish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda hal etish choralarini koʼrish;
24)nuroniy va keksalarni qoʼllab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi, shu jumladan, nuroniylarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, ularning jamiyat boshqaruvi, fuqarolar huquqlari taʼminlanishidagi rolini oshirish;
25)davlat tomonidan kafolatlangan va bepul asosda taqdim etiladigan ijtimoiy xizmatlar roʼyxatini ishlab chiqish, tasdiqlash va yangilab borish (ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-maishiy xizmatlar);
26)koʼrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar hajmi, sifati va muddatlari, ularni koʼrsatish uchun zarur mehnat va moliyaviy resurslarni belgilovchi ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va yangilab borish;
27)keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat koʼrsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan strategiyani shakllantirish va yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
28)tibbiy-ijtimoiy muassasalarning, jumladan, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarining keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslarga xizmat koʼrsatish boʼyicha samarali foydalanish tizimini joriy etish;
29)nogironlikni belgilash va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etish, nogironligi boʼlgan shaxslarni tibbiy, ijtimoiy, kasbiy va jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini rivojlantirish;
30)ilgʼor axborot texnologiyalarini ishga joylashtirish jarayonlariga joriy etish;
31)mehnat, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va mustahkamlash;
32)hududiy boʼlinmalar va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda kadrlar bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
33)ishga joylashtirish, oʼqitish va malaka oshirish, malakani baholash boʼyicha xizmatlarga boʼlgan davlat buyurtmasini moliyalashtirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklariga, ishsizlarni va band boʼlmagan aholini oʼqitish markazlariga hamda malakani baholash markazlariga haq toʼlash;
34)ishga joylashtirish, oʼqitish va malaka oshirish, malakani baholash boʼyicha xizmatlarga boʼlgan davlat buyurtmasini bajarish boʼyicha Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining hududiy boʼlinmalari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar faoliyati nazorat va tahlil qilinishini taʼminlash;
35) idora buysunuvidagi tashkilotlar rivojlanishiga koʼmaklashish, ularni rivojlantirish kontseptsiyalari va istiqbollarini belgilash;
13.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining markaziy apparati oʼziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
1)Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy hamda axborottahliliy jihatdan taʼminlaydi;
2)Hududiy boʼlinmalar va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, hukumat qarorlari bajarilishi yuzasidan muntazam nazoratni taʼminlaydi;
3)Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik oʼrinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlarining bajarilishini oʼz nazoratiga oladi;
4)Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʼz vaqtida qayta ishlanishini tashkil etadi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasini oʼtkazadi;
5)Hududiy boʼlinmalar va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar faoliyati monitoringini tashkil etadi;
6)Mehnat bozorini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlarini oʼtkazishga koʼmaklashadi;
7)Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlashni tashkil etadi;
8)Kambagʼallik darajasi, mahallabay ishlash tizimi, mehnat bozori rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlash darajasi va tuzilmasini, yangi ish oʼrinlari tashkil etilishi, mahalla, oila va xotin qizlar masalalari, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar hamda mehnat migratsiyasi toʼgʼrisida Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati uchun axborot toʼplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
9)Аholini ish bilan taʼminlash, mehnat munosabatlari, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi, mehnatga haq toʼlash masalalari va markaziy apparat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar boʼyicha tadbirkorlik subʼektlarini axborot, uslubiy, tashkiliy va konsulьtativ qoʼllab-quvvatlaydi;
10)operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʼjalik va Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni hal etilishi bilan shugʼullanadi;
11)Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hududiy boʼlinmalari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi va tahlil qiladi;
12)Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining hududiy boʼlinmalari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar bilan birgalikda oʼziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;
13)Аholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʼrsatish bilan bogʼliq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
14)Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimi tashkilotlarida moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
15)Ishga joylashtirish, oʼqitish va malaka oshirish, malakani baholashga doir xizmatlarga boʼlgan davlat buyurtmasini bajarish boʼyicha Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hududiy boʼlinmalari va idora buysunuvidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat va tahlil qiladi;
16)Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
17)Xorijiy investitsiyalar jalb etilishini tashkil qiladi va xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
18)Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
3-§. Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vazifalari hamda funktsiyalari
14.Qoʼyidagilar Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
2) tegishli ravishda Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, tuman (shahar)lar hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʼrinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;
3) aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
4) idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
5)Ishga joylashtirish, oʼqitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish boʼyicha tuman (shahar) axoli bandligiga koʼmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
6)kovorking-markazlar tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
7)idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.
15.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi oʼziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
1)Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;
2)Oʼzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, OʼzbekistonRespublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi qarorlari va farmoyishlarining hamda Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi buyruqlarining Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish tuman (shahar) boʼlimlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
3)Idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʼz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʼtkazilishini tashkil etadi;
4)Idora boʼysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
5)Kambagʼallikni qisqartirish va aholi bandligi sohasida xizmatlar koʼrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;
6)idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
7)kambagʼallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, aholiga davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish boʼyicha idora boʼysunuvidagi tashkilotlar xattiharakatlarini muvofiqlashtiradi;
8)ishga joylashtirish, oʼqitish va malakani baholash xizmatlariga boʼlgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band boʼlmagan aholini oʼqitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga haq toʼlash boʼyicha idora boʼysunuvidagi tashkilotlar xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;
9)idora buysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil etadi;
10)idora boʼysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʼyicha ishlar monitoringini oʼtkazadi va muvofiqlashtiradi;
11)jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;
12)operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va oʼz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
13)qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
IV-bob. Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va uning hududiy boʼlinmalari huquqlari va majburiyati
17.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bogʼliq normativ-hukuqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga belgilangan tartibda kiritish;
– Kambagʼallikni qisqartirish, aholi bandligiga koʼmaklashish, oila va xotin-kizlar, mahallalar faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, tadbirkorlikka koʼmaklashish, tibbiy-ijtimoiy xixmatlarni koʼrsatish sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda axborot soʼrash va olish;
– davlat statistika organlaridan Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalarga doir zarur statistik axborotni bepul olish;
-tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga, mehnat xavfsizligi standartlariga, shu jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalarning qoidalari va talablariga rioya etilishini belgilangan tartibda oʼrganish va tekshirish;
– ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar, shuningdek, fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʼyicha ishlarni bajaruvchi (xizmatlar koʼrsatuvchi) shaxslar sogʼligʼiga mehnat vazifalarini bajarishi vaqtida yetkazilgan zararlarning boshqa omillarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus tekshirish yoki tekshirishda ishtirok etish;
– mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar berish;
– mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan va xodimlar sogʼligi yoki hayotiga xavf tugʼdiradigan tashkilotlar faoliyatini yoki korxonalar mablagʼlaridan foydalanishni oʼz vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʼxtatish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va uning idoraviy buysunuvidagi tuzilmalar davlat mulkini bir boʼlinmadan boshqa boʼlinmaga bepul foydalanish huquqlari asosida oʼz tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda oʼtkazish;
– tizimdagi jamgʼarmalar mablagʼlarini belgilangan tartibda tasarruf etish hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni taʼminlash ishlarini tashkil etish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va uning idora boʼysunuvidagi tuzilmalari davlat molmulkini begʼaraz foydalanish huquqi asosida bir boʼlinmadan boshqa boʼlinmaga, oʼz tashkiliy tuzilmasi doirasida balansdan balansga belgilangan tartibda oʼtkazish, shtat jadvallarini muvofiqlashtirish, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar moliya-xoʼjalik faoliyati balanslari va hisobotlarini koʼrib chiqish;
– idora boʼysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;
– idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan markazlashgan kapital mablagʼlardan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni taʼminlash, Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimidagi obʼektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish boʼyicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqish;
– Oʼzbekiston Respublikasi Kambagallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hududiy boʼlinmalariga biriktirilgan binolar, inshootlar va xonalarni realizatsiya qilish yoki buzish toʼgʼrisida qaror qabul qilish xususida Oʼzbekiston Respublikasi Kambagallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga, viloyat va tuman (shahar) hokimlariga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
– idora boʼysunuvidagi xoʼjalik tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan, boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq toʼlash fondini, xarajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini belgilash;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, tuman (shahar) Kambagallikni qisqartirish va bandlik boʼlimlari, idoraviy tashkilotlar faoliyatining asosiy koʼrsatkichlari boʼyicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularning xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish tartibi, hajmi va shartlarini belgilash;
-Guliston shahrida ishsiz fuqarolarni kasbga oʼqitish markazida, band boʼlmagan aholiga xizmat koʼrsatuvchi «Ishga marhamat» monomarkazida hamda Kasb-hunarga oʼqitish markazlarida oʼqitish, malaka oshirish va qayta oʼqitish;
– kasbiy kompetentsiyalarni baholash markazlarida malakani baholash;
– «Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi»da tizim xodimlari malakasini oshirish;
– yangi ish oʼrinlari tashkil etgan ish beruvchilarga, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga mansub shaxslarni, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, imkoniyati cheklangan shaxslarni, harbiy xizmatdan boʼshatilgan shaxslarni ishga joylashtiruvchilarga ijtimoiy ragʼbatlantirish, ish beruvchilarni Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining faxriy nishonlari, yorliqlari va guvohnomalari bilan taqdirlash, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida eng yaxshi ish beruvchilar toʼgʼrisida materiallar joylashtirilishini tashkil etish choralarini koʼrish;
-ish beruvchilar oʼrtasida ijtimoiy javobgarlikni oshirishga hamda yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish boʼyicha samarali faoliyatni kengaytirishga ragʼbatlantirishni kuchaytirishga qaratilgan tanlovlarni belgilangan tartibda oʼtkazish;
– binolarga xizmat koʼrsatish, inventarь va xoʼjalik asboblarini, avtotransportni, aloqa vositalarini, hisoblash, kompьyuter va ofis texnikasini taʼminlab turish va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot xarid qilish, shu jumladan, autsorsing shartlari asosida xarid qilish boʼyicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
– mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish toʼgʼrisida belgilangan tartibda koʼrsatmalar kiritish;
– internet jahon axborot tarmogʼida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;
– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli organlar bilan dastlabki kelishuvsiz tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar tashkilotlarning bandlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlar oʼtkazish;
– davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, shu jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobiga faoliyati yangi ish oʼrinlari tashkil etishga va aholini ish bilan taʼminlashga qaratilgan korxonalarni tashkil etish;
– korruptsiya va boshqa suiisteʼmolliklarning oldini olish va ularga yoʼl qoʼymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam oʼrganish, shuningdek, malakaga va Inspektsiya faoliyatining turli yoʼnalishlarida ishlash tajribasiga ega kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiyasini amalga oshirish;
– kam foydalanilayotgan yoki rekonstruktsiya yoxud kapital taʼmirlashni (qayta jihozlashni) talab qiluvchi mavjud binolar, xonalarni oʼrnatilgan tartibda ijaraga berish;
– davlat mulkining boʼsh turgan obʼektlarini, tizim tashkilotlarining faoliyat koʼrsatmaydigan binolarini «nolь» xarid qiymati boʼyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda realizatsiya qilish toʼgʼrisida takliflar kiritish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va uning hududiy boʼlinmalari hamda idora boʼysunuvidagi tashkilotlar boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʼshimcha shtat birliklarini Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobiga joriy etish;
– tizim tashkilotlari reytingini tuzish maqsadida ular faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash;
– oʼz vakolati doirasida konferentsiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʼrgazmalar, yarmarkalar oʼtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga oʼxshash tadbirlarda ishtirok etish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
– qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish boʼyicha Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hududiy boʼlinmalari va uning idoraviy boʼysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda oʼrganish va tekshirish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hududiy boʼlinmalari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida kengashlar oʼtkazish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi bilan bogʼliq boʼlgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hududiy boʼlinmalari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bilan bogʼliq masalalarga bagʼishlangan konferentsiya, forum, seminar va treninglar oʼtkazish, shu jumladan, Kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʼmaklashish jamgʼarmasi, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini qoʼllab-quvvatlash hamda himoya qilish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobiga oʼtkazish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, chet davlatlar hukumatlari, davlat organlari va hukumatga qarashli boʼlmagan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish uchun Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va tizim tashkilotlari xodimlarini xorijga yuborish, shuningdek, Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bilan bogʼliq masalalar yuzasidan loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va milliy ekspertlarni jalb qilish;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.
18.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi shart boʼlgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʼz vakolatlari doirasida qabul qilishga haqli.
Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi zarur hollarda boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda qoʼshma qarorlar va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda chop etishga haqli.
19.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi oʼziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
V-bob. Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbarlarining javobgarligi
20.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʼi Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
21.Boshliq oʼrinbosarlari:
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi nazoratidagi tarkibiy boʼlinmalarda Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;
– oʼz funktsional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
22.Bosh boshqarma apparatning tarkibiy boʼlinmalari rahbarlari tegishli tarkibiy boʼlinmalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishi uchun;
Oʼz funktsional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
23.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining tuman (shahar) boʼlinmalari hamda tizim tashkilotlari rahbarlari:
– boʼlinmalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun;
– oʼz funktsional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
VI-bob. Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
24.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bosh boshqarma boshligʼi rahbarlik qiladi.
25.Bosh boshqarma boshligʼining Oʼzbekiston Respublikasi Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki oʼrinbosari va bir nafar birinchi oʼrinbosari boʼladi.
26,Bosh boshqarma boshligʼi boʼlmagan davrda uning vakolatlari Bosh boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari, u boʼlmaganda esa Bosh boshqarma boshligʼining buyrugʼiga binoan boshqa oʼrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
27.Bosh boshqarma boshligʼi:
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi va Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faoliyatining alohida yunalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish va boshqarma boʼysunuvidagi tashkilotlar faoliyati uchun boshliq oʼrinbosarlari va Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;
– oʼz vakolati doirasida Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimi xodimlari tomonidan ijro etilishi shart boʼlgan buyruqlar chiqaradi va koʼrsatmalar beradi;
– xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida markaziy apparat xarajatlar smetasini va shtat jadvalini tasdiqlaydi, Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining respublika byudjetida turgan idoraviy mansub tashkilotlarining xarajatlar va daromadlar smetalarini roʼyxatdan oʼtkazadi;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari markaziy apparati tuzilmasiga, zarur boʼlsa, xodimlarning umumiy soni va mehnatga haq toʼlash fondi doirasida oʼzgartirishlar kiritadi;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar ustavlari (nizomlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
– xodimlar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari, xoʼjalik hisobida boʼlgan idora boʼysunuvidagi tashkilotlar xodimlari sonini umumiy cheklangan shtatlar soniga muvofiq mustaqil belgilaydi, idora boʼysunuvidagi xoʼjalik tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan, boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq toʼlash fondini, harajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini tasdiqlaydi, shuningdek, ularning mol mulkini tasarruf etadi;
– Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimida belgilangan tartibda moliyaviy ishlarni tashkil etadi, boshqarma boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan oʼtkaziladigan tadbirlarni, moliyaviy jihatdan taʼminlaydi;
– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
VII-bob. Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimi xodimlarini moddiy-texnik taʼminlash va ragʼbatlantirish chora-tadbirlari
29.Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tizimi xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish va mehnatiga haq toʼlash byudjetdan ajratiladigan mablagʼlar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Byudjetdan tashqari manbalar mablagʼlari hisobidan hamda qonunchilikda taʼqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Izoh – Oʼzbekistan Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va idoralarning cheklangan soni (tashkiliy tuzilmalari) tasdiqlangunga qadar Oʼzbekistan Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoniga muvofiq qayta tashkil etilgan, tugatilgan, boʼysinuvi oʼzgargan Sirdaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi va idoralarning:
Xodimlariga 2022 yil 31 dekabrga qadar amalda boʼlgan shtatlarda ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa toʼlovlar hamda kommunal, ijara, xizmat safari va tashkilotlarni saqlash bilan bogʼliq boshqa xarajatlar vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.