2024 yil 9 oktyabr kuni holatiga Sirdaryo viloyatida fermer xo‘jaliklari va paxta terimchilari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari soni 27005 tani tashkil qildi.

Shuningdek, joylarda inspektorlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida fermer xo‘jaliklarida paxta terimi davrida terimchilarga yaratilgan mehnat sharoitlari, issiq ovqat va choy berilishi, terimchilar bilan mehnat shartnomalari tuzilishi va terilgan paxta uchun pullari vaqtida berilishi yuzasidan kunlik monitoring olib borilmoqda. Unga ko‘ra terim pullarini tarqatish kechiktirilayotgan Sirdaryo tumanidagi “J A” fermer xo‘jaligidan 4 million 620 ming so‘m, “N A” fermer xo‘jaligidan 3 million 460 ming so‘m va Sardoba tumanidagi “A.Q” fermer xo‘jaligidan 64 million so‘m mablag‘ to‘lab berilishi ta’minlandi.

By admin