“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Prezident farmoniga muvofiq, 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.

Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida ish haftasining turidan qatʼi nazar 4 kun dam olinadi. Bunda:

— 9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
— 10 iyul (yakshanba) – dam olish kuni;
— 11 iyul (dushanba) – barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
— 12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin