Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi Oltinchi chaqiriq yetmish birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari yordamchilari faoliyatini tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida ” gi 2021-yil 3-dekabr kunidagi PQ-31-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi mudirining mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahliliga asosan hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi to‘g‘risidagi axboroti yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i I.Kuziboyevning hisoboti tinglandi.

Takidlanganidek, Shirin shahrida 2024 yilning o‘tgan davri davomida jami 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga hokim yordamchilari ko‘magi bilan jami 141 nafar ishsiz fuqorolar doimiy ish o‘rinlariga, 32 nafari mavsumiy va xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 177 nafar fuqorolar o‘zlarining norasmiy ish faoliyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zini-o‘zi band qilish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazdirildi.

Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-mart oylarida hokim yordamchilari tafsiyalari asosida Kasb-hunarga o‘qish istagi bor bo‘lgan fuqarolarni mahallaning “o‘sish nuqtasi”dan kelib chiqqan holda hozirgi kundan Guliston shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida 4 nafar,  Xovos tumani kasb-xunarga o‘qitish markazi qoshida tadbirkorlar Muxiddinova Odina, Kenjaeva Sayyora va Muxiddinova Xiramonlar bilan birgalikda uch tomonlama shartnoma tuzib shahrimizdagi 47 nafar ishsiz ayollarni tikuvchilik yo‘nalishida kasb-xunarga o‘qitilmoqda. Joriy yil 1 mayidan boshlab yana 30 nafar o‘qish istagidagi fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Mahallalarda “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 26 nafar fuqorolarga 389,0 mln.so‘m, Beznesni rivojlantirish bankining kredit liniyalari hisobidan 8 ta tadbirkorlik sub’ektlariga 720.0 mln so‘m imtiyozli kreditlar ajratilib, 40 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida 300 dan ortiq fuqarolarga, Biznesni rivojlantirish bankining kreditlari hisobidan 25 ta tadbirkorlar uchun faoliyatlarini yangidan boshlash yoki kengaytirish bo‘yicha kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Subsidiya mablag‘larini ajratilishi bo‘yicha 2023-yil davomida fuqarolar tomonidan 115 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, mazkur arizalarning barchasi qonun doirasadi hokim yordamchilari tomonidan o‘rganib chiqildi. 63 ta arizalarga ijobiy tavsiyanomalar berildi hamda ushbu fuqarolarning 34 nafariga 180 mln. so‘mlik asbob-uskunalar olib berildi. Qolgan 29 nafar fuqarolarning arizalari asosida 290 mln so‘mlik asbob uskunalarni joriy yil uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan may oyidan boshlab berilishi kutilmoqda.

2024 yil yanvar –mart oylarida hokim yordamchilari ko‘magi bilan tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bo‘yicha Shirin shahrida jami 30 ta yangi tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tib, ish faoliyatlarini boshlagan.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha hokim yordamchilari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 10 dan ortiq muammolar aniqlanib, barchasi ijobiy hal qilingan.

Hisobot yuzasidan deputatlarning tegishli qarorlar qabul qilindi.

By admin