Barqaror daromad keltiradigan va jamiyat uchun foydali bo‘lgan o‘z biznesingizga ega bo‘lishni orzu qilasizmi?

Unda siz Yangiyer shahrida tadbirkor bo‘lish uchun noyob imkoniyatga egasiz! Shahar hokimligi o‘z balansidagi bo‘sh yer maydonlarini issiqxona qurish uchun sizning ixtiyoringizga berishga tayyor.

Issiqxona qurish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasachi, deysizmi?

Havotir olmang! «Har bir oila tadbirkor» davlat dasturi doirasida siz o‘z biznes g‘oyangizni amalga oshirish uchun kredit mablag‘larini olishingiz mumkin. Bu o‘z biznesini ochishni orzu qilgan, ammo moliyaviy cheklovlarga duch kelganlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Yer uchastkalarini olish tartibi, shuningdek, kredit olish shartlari va talablari haqida ko‘proq malumotga ega bo‘lish uchun maxsus tashkil etilgan telegram botiga hoziroq murojaat qiling!

By admin