Tashkil etilgan oʻquv-seminarida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Mehnat standartlari va mehnatga haq toʻlash boʻlimi boshligʻi Boburmirzo Xoʻjamqulov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali bosh inspektori Alisher Abduvaliyevlarga so’z berildi.

Sirdaryo viloyatidagi davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash boʻlinmalari rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31-oktyabrdagi PQ-4502-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5-dekabrdagi 971-sonli Qarori bilan joriy etilgan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK) maqsadi va mohiyati boʻyicha tushintirishlar berib oʻtildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5102 qarori yuzasidan ham fikrlar almashilindi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin