Guliston shahar «Ishga marhamat» monomarkazida «Kompyuter savodxonligi» yo‘nalishining yakuniy imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan yana bir guruh tinglovchilarga o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi diplomi darajasiga tenglashtirilgan sertifikatlar tantanali topshirildi.

Marosimda bitiruvchilar 3 oy mobaynida sohaning sir-asrorlarini mukammal o‘rgatgan mohir ustozlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Kompyuter savodxonligini puxta o‘rganib, hunarli bo‘lishni istagan hotin-qizlarni monomarkazga taklif etamiz.

➡️ Manzil: Guliston shahar Xondamir ko‘chasi 49-uy

📞 Telefon: 67 236-44-22, 97 909-71-17

By admin