Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan hududiy boshqarma hamda Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari masʼullari Rossiya Federatsiyasi Tatariston respublikasiga tajriba almashish va malaka oshirish uchun yuborilgan.

Bugun Oʻzbekiston delegatsiyasi Naberejniy Chelni shahridagi «Rabota Rossii» nazorat markazida boʻlib, soha xodimlarining ish faoliyati bilan tanishdilar. Markaz ish tartibi, u yerdagi shart-sharoit, murojaatchilarga yaratilgan qulayliklar boʻyicha batafsil maʼlumot oldilar.

Shuningdek, «Bandlik xizmati faoliyatini modernizatsiya qilish» va «Tatariston Respublikasining bandlik xizmati faoliyati» mavzusidagi seminar treningda ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar sohani yanada rivojlantirish maqsadida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar bilan oʻrtoqlashdilar.

By admin