Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Nodira Jonibekova oʻz saylovchilaridan tushgan murojaatlarni joyida oʻrganish maqsadida Sardoba tumani hokimligida mutasaddilar bilan uchrashdi.

Unda tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori Sherali Abduraximovning ham hisoboti tinglandi.

Taʼkidlanganidek, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga joriy yilning yanvar-oktyabr oylari mobaynida, jami 4963 nafar ishsiz fuqarolar ish axtarib murojaat qilgan. Ularning 2098 nafarini ayollar tashkil etadi. Roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolardan 973 nafari oʻzlariga maqbul kelgan doimiy ish oʻrinlariga ishga joylashtirilgan. Shundan 420 nafari ayollardir.

Bundan tashqari, markazga ish soʻrab murojaat qilgan ishsiz fuqarolarning 34 nafari ishsiz deb eʼtirof etish komissiya qaroriga asosan ishsiz deb eʼtirof etilib, ishsizlik nafaqasi tayinlangan va ularga 90 million 600 ming soʻm mablagʻlari toʻlab berildi.

Shuningdek, markaz tavsiyasiga koʻra 329 nafar fuqaro kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha kasb-oʻquvida oʻqitilgan. Jumladan, 146 nafari “Usta-shogird” anʼanasi usilida, 124 nafari vazirlik tasarrufidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlariga va 39 nafari kasb-hunar oʻqitish maktablariga oʻqushga jalb qilindi. Mazkur oʻquv kurslariga jalb qilinganlardan 61 nafari yaʼniy,1 nafari “Temir”, 10 nafari “Yoshlar” va 40 nafari “Ayollar” daftarida turuvchi ishsiz fuqarolarga toʻgʻri keladi.

By admin