Mirzaobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi va MIB xodimlari hamkorligida Probatsiya guruhi hisobida turuvchi va aliment to‘lovchi shaxslar uchun “Mehnat yarmarkasi” oʻtkazildi.

Mehnat yarmarkasi davomida 10 kishiga, xususan, tuman madaniyat boʻlimiga 1 nafar, “Toza hudud” MCHJga 2 nafar, “Guliston gold yarn” MCHJga 3 nafar, “Sarbon teks” korxonasiga 4 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga kasb-hunarga oʻqitish markazlarida mavjud yoʻnalishlar va tinglovchilarga yaratilgan qulayliklar hamda Toshkent shahrida joylashgan “Texnopark” va “Artel” zovodlarida ishlash istagini bildirgan fuqarolarga u yerdagi shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

By admin