O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi «Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-149-sonli qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida Sayxunobod tumani 8-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida xorijga chiqib ketgan mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: Sayxunobod tumani hokimligi
Foto: Sayxunobod tumani hokimligi
Foto: Sayxunobod tumani hokimligi

Oila aʼzolarining bandligini taʼminlash maqsadida tumandagi 8 ta korxonalardagi 365 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarka natijasida 5 nafar fuqarolar doimiy ishga, 35 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 42 nafar fuqarolarga xuquqiy maslahatlar berildi.  Jami tuman bo‘yicha 129 nafar mehnat migrantlari mavjud bo‘lib, ularning oila aʼzolari muammolari o‘rganildi.

Foto: Sayxunobod tumani hokimligi
Foto: Sayxunobod tumani hokimligi

Jumladan, Paxtakon maxallasida yashovchi fuqaro Ruziyeva Zarifani turmush o‘rtog‘i Rossiya federatsiyasida ishlash uchun ketganligi xozirgi kunda o‘zi ishsizligi sababli aprel oyidan xaq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etildi.

Foto: Sayxunobod tumani hokimligi
Foto: Sayxunobod tumani hokimligi
Foto: Sayxunobod tumani hokimligi

Gulbuloq mahallasida yashovchi Kazbekova Mayramning turmush o‘rtog‘i Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun ketganligi xozirgi kunda qizi ishsizligi tufayli o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida tikuv mashinkasi subsidiya asosida ajratilishini so‘rab murojaat qildi. Subsidiya ajratilishida talab etiladigan hujjatlarni Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga topshirish tushuntirildi. Ittifoq mahallasida yashovchi Nizomiddinov Sharofning akasi Sharofiddinov G‘ulomjon Rossiya federatsiyasiga ishlash uchun ketganligi xozirgi kunda oilaviy sharoiti og‘irligi kredit asosida uy joyini taʼmirlashda yordam so‘rab murojaat etdi.

Sayxunobod tumani hokimligi Axborot xizmati

By admin