Bugun, 5-aprel kuni Guliston shahrida Sirdaryo Bandlik bosh boshqarmasi, viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar sektor rahbarlari ishtirokida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda chet-elda ishlab qaytgan mehnat migrantlari, probatsiya hisobida ro‘yxatida turgan hamda ishsiz fuqarolar uchun shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 23 ta korxona va tashkilotlarida 310 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Ishtirok etgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 241 nafardan ortiq fuqarolar qatnashdi. Shundan, 17 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun, 18 nafar ishsiz fuqarolar kasb-xunarga o‘qish istagida bo‘lganlarga o‘qish uchun yo‘llanmalar berildi, 2 nafar ishsiz fuqarolar xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 2 nafar tikuvchilik yo‘nalishida sertifikat olgan ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinkalari berildi va ushbu fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilish orqali bandligi taʼminlandi. 49 nafar fuqarolarga mehnat munosabatlariga oid va boshqa masalalarda turli hil maslahatlar berildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin