Bugun, 6-may kuni erta tongdan Guliston shahridagi «Bilimdonlar maskani»da “Adliya sayli” bo‘lib o‘tdi. Unda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ushbu tadbirda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda sayyor qabullar tashkil etilib, aholiga bepul huquqiy maslahatlar berildi, aholi, ayniqsa yoshlarni kitob o‘qishga qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkalari o‘tkazildi, shuningdek, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Sayl doirasida huquqiy testlar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, mushoira va sport musobaqalari, tibbiy ko‘riklar bilan bir qatorda, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Aholi bandligi ko’maklashish markazlari tomonidan mehnat yarmarkalari ham tashkil etildi. Sayl so’nggida faol ishtirok etganligi uchun viloyat Bandlik bosh boshqarmasi jamoasiga — viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarov tomonidan tashakkurnoma bildirildi.

Sayl dasturidan xushovoz xonandalar ijrosidagi jozibali kuy-qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi va badiiy chiqishlar ham namoyish etildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin