Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Bugungi tinch va farovon, dorilomon kunlarga erishilishida xalqimiz qahramonlarining hissasi ulkan. 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida ularga hurmat, izzat ko‘rsatishdek insoniylik fazilatlari yanada yorqinroq namoyon bo‘lmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan, boshqarma rahbariyati hamda tuman-shahar aholi bandligiga ko’maklashish markazlari xodimlari hamkorligida «9 may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan viloyatning barcha hududlarida Bandlik sohasi mehnat faxriylari hamda marhum soha vakillari oila a’zolari xonadonlariga borib, ularning holidan xabar olindi, keksalarning duolarini olishdi.

Xususan, sobiq Bosh boshqarma boshlig’i o’rinbosari Qo’chqor Xasanov xonodonidan xabar olinib, oila a’zolariga Bosh boshqarma boshlig’i sovg’alari ulashildi.

Uzoq yillar Bosh boshqarma boshlig’i lavozimida ishlagan Abdullayev Abdurashid Pirmanovich xonodoniga Bosh boshqarma boshlig’i tabrigi hamda sovg’alari yetkazildi.

Bu kabi hayrli ishlar tuman-shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markazlarida ham davom ettirildi. Xususan, Mirzaobod tumanidan sohada ko’p yillar faoliyat ko’rsatgan Mehnat faxriylari holidan xabar olininb, Bosh boshqarma boshlig’ining tabrik xati o’qib eshittirildi hamda bayram sov’galari yetkazilib berildi.

Bandlik sohasida uzoq yillar faoliyat yuritib, hozirda vafot etgan Sayxunobod tumanidan A.Yakubov hamda G‘.Bekmurodovlar oila a‘zolari holidan habar olinib, Bosh boshqarma boshlig‘ining sovg‘alar yetkazilib, xotirlandi.

Yangiyer shahrida Bandlik sohasi tizimiga mehnati singgan Hidirov Mavlonqul Suvonqulovichning oila a’zolari holidan xabar olinib, Bosh boshqarma boshlig’ining sovg’alari xonadon egalariga yetkazildi.

Sardoba tumani Bandlik sohasida uzoq yillar faoliyat ko’rsatgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’ining bayram tanrigi hamda sovg’alari yetkazildi.

Xovos tumani Bandlik tizimida ko’r yillar mehnat qilgan Mehnat faxriysi A.Mo’minov holidan xabar olininb, Bosh boshqarma boshlig’ining tabrik xati o’qib eshittirildi hamda bayram sov’galari ulashildi.

Ayni paytda viloyatning barcha shahar, tumanlarida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tabirlar davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin