Joriy yilning 1 aprel kuniga qadar 449 nafar ishsiz aholi, xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinib, ularga 3 oy davomida jami 286 mln 270 ming so‘m ish haqqi to‘lab berilgan. Bu haqda Sirdaryo tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari Sanjar G‘oziyev tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashida muhokama qilingan hisobotida maʼlum qilindi.

Tumandagi 8 ta kam taʼminlangan oilaga hokim yordamchisi tavsiyanomasiga ko‘ra, issiqxona qurish, shaxsiy tomorqasida urug‘lar ekish, ko‘chatlar va sug‘orish vositalarini xarid qilish uchun 37 mln 200 ming so‘m subsidiya ajratilib, 5 ta oila issiqxona, 2 ta oila tomorqasida ekishga urug‘ va ko‘chatlar xamda 1 ta oila sug‘orish vositasi bilan taʼminlangan.

Shuningdek, 11 ta oilaga hokim yordamchisi tavsiyanomasiga asosan 29 mln so‘m subsidiya ajratilib, 11 ta oila tikuv mashinasi olib berilgan.

Joriy yilning 5 aprel holatiga 488 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanib, doimiy ishga joylashtirilgan.

Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati

By admin