Bu haqda Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining tegishli qarori imzolanib, «E-Qaror»ga joylashtirilgan.

Kengash qaroriga muvofiq, shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori G.Sariyevning 2022 yil yanvar-aprel oylari davomida “Yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash” borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi xati ma’lumot uchun qabul qilinib, jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadigan Jamoat ishlariga band bo‘lmagan aholini bosqichma-bosqich jalb etib borish hamda sohaga tegishli qator vazifalar nazorati topshirilgan.

Shuningdek qarorda qayd etilishicha, Xalq deputatlari shahar Kengashining deputatlariga okrug bo‘yicha shahar Kengashi deputatlari zimmasiga — har oyda mahallaga chiqqan holda joylarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli o‘rganish, o‘rganish davomida aniqlangan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni shahar Kengashining mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya muxokamasiga kiritib borish, hamda jamoat ishlarida qatnashuvchi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar ro‘yxatlarini shakllantirish va haq to‘lanadigan jamoat ishlari dasturining samarali bajarilishini ta’minlashda  deputatlik nazoratini olib borish vazifalari yuklatilgan.

Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investisiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R.Botirov zimmasiga yuklatilgan.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin