Guliston shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida viloyatdagi xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Rossiya Federatsiyasining OOO “Meros” korhonasiga qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirish online tarizda bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federasiyasiga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda OOO “Meros” korhonasi tomonidan taklif etilayotgan ishlarga korxona vakillari bilan ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar savol-javob shaklida suhbat olib bordi.kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olindi.

Tanlovda fuqarolar o‘zlari qiziqqan savollarga, ya’ni ish vaqtlari va agar qo‘shimacha ishlash imkoniyatlari bo‘lsa u bilan bog‘lik ish haqlari, yashash sharoitlari, patent va transport (ketish bilan bog‘liq yo‘l harajatlari v.h.k) xarajatlari bilan bog‘liq masalalarda javoblar olishdi.

Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sirdaryo mintaqaviy filiali

By admin