Avval xabar berganimizdek, bugun 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlar, muassalar, idoralar shuningdek mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani avvalida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev tomonidan viloyat miqyosida bandlik sohasida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy maʼlumoti o‘qib eshittirildi.

Matbuot anjumani davomida, ishtirokchilar tomonidan soha rahbarlariga keng jamoatchilikni qiziqtirayotgan, ularni o‘ylantirayotgan hamda yechimini kutayotgan muammolar xususida ochiq savollar yo‘llandi.

Shu kabi yo‘llangan savollardan biri bevosita Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Sirdaryo viloyatida byudjet tashkilotlarida tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘ldi. Mazkur savolga Sirdaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari Azizbek Aliqulov tomonidan batafsil maʼlumot berilgandi.

Keyinchalik savollar davomida javob tariqasida ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev axborot bergandi.

O‘z navbatida matbuot anjumani ishtirokchilari tomonidan sirdaryolik fuqarolar orasida xorijda ishlash jarayonida vafot etish holatlari sodir bo‘lgan yoki bo‘lmaganligiga qiziqish bildirildi. Tashqi mehnat migratsiya agentligining Sirdaryo mintaqaviy filiali rahbari Sirojiddin Isroilov joriy yil birinchi yarim yilligida bu kabi holatlar sodir bo‘lganligini taʼkidlagandi.

Tadbir davomida joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida mehnatga haq to‘lash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning sohaga oid murojaatlari matbuot anjumani ishtirokchilarini befarq qoldirmagandi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari Azizbek Aliqulov matbuot anjumani davomida berilayotgan savollarga javob berarkan, viloyat hududida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalarni sanab o‘tgandi.

Matbuot anjumani yakunida, viloyatda bandlik sohasi rahbarlarining har chorak yakuni bo‘yicha keng jamoatchilikka matbuot anjumani orqali hisobot berib borishlari belgilandi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin