1) Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.

2) Xodimlarga ish davrida, ularning xohishiga ko‘ra, yillik ta’tilning ushbu Kodeksning 134-moddasida belgilangan eng oz muddatidan (o‘n besh ish kunidan) ortiqcha qismi uchun pullik kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

3) Ijtimoiy ta’tillarning barcha turlaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 137 va 138-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi va ularni pullik kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Axborot xizmati

By admin