Sayyor qabul: murojaatlarga ijobiy yechim topish mexanizmi

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Shu maʼnoda, joriy yilning 31-avgust kuni ham Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari o‘rinbosarlari Boyovut tumanining “Ijodkor” hamda Guliston shahrining “Sayqal” mahallalarida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabullarini o‘tkazishdi.

Sayyor qabullarda Boyovut tumani va Guliston shahar hokimliklari masʼullari, hokim yordamchilari, mahalla raislari, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari rahbarlari ishtirok etishdi. Sayyor qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi, vaqt talab qilinadigan murojaatlar ijobiy hal qilinuvi bo‘yicha tegishli tartibda aniq manzilli chora-tadbirlar belgilandi.

Ellik nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari tinglangan bu kabi sayyor qabullar boshqarma yillik ish rejasiga muvofiq yil mobaynida, xususan sentyabr oyi davomida ham muntazam ravishda hududlarda o‘tkazilib boriladi. Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yana-da gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin