Bugun, 7-sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Unda qator mavzular, “O‘zbekistonda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berilganligi hamda paxta yig‘im terimi davrida mehnat qilayotgan mehnatkashlarning xaq-huquqlari to‘g‘risida”gi masalalar muhokama qilindi.

O‘z navbatida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Muhammadi Abdurahmonovning ushbu masalaga oid hisoboti tinglandi (video).

Shuningdek, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev mazkur masalaga munosabatini bildirib o‘tdi (video).

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin