Joriy yilning 20-sentyabr kuni soat 16:00da Guliston «Ishga marhamat» monomarkazida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Rossiyaning «Alabuga Development» korxonasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuviga muvofiq, fuqarolar Tatariston Respublikasi Yelabuga shahriga qurilish sohasi bo‘yicha ishga taklif etiladi.

Zarur mutaxassisliklar, elektromontajchi (50 nafar), suvoqchi-bo‘yoqchi (80 nafar), plitka terish (70 nafar). Oylik ish haqi ishbay 60 ming rubl. Yashash joyi, transport va patentni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Patentning oylik to‘lovi va ovqatlanish xarajatlari ishchi hisobidan.

Nomzodlar uchun talablar, 18-50 yoshgacha, qurilish sohasida ish tajribasi, rus tilini muloqot darajasida bilish, sudlanmaganlik, O‘zbekistondan chiqishga va Rossiya hududiga kirishga taqiq qo‘yilmagan bo‘lishi. Nomzodlar xorijga chiqish pasportlari bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil: Guliston shahri, Xondamir ko‘chasi, 49-uy. Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi binosi.

Telefon: +99867-2255559

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Sirdaryo mintaqaviy filiali

By admin