Savol: Qanday hollarda xodim ishdan chetlashtiriladi?

Javob: Mehnat kodeksning 113-moddasida xodimni ishdan chetlashtirishga, qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari, yo‘l qo‘yilmaydi.

Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qo‘yilmaydi.

Xodim majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan yoki o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan, shuningdek karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.

Xodim ishdan chetlashtirilgan davrda unga ish haqi hisoblanmaydi.

Xodim ish beruvchining aybi bilan g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirilganda xodimga yetkazilgan zararni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda to‘lash majburiyati ish beruvchiga yuklatiladi.

By admin