Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish jarayonida ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, yechimi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilashda “xonadonbay” ishlash oʻzining samarasini bermoqda.

Xovos tumani sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari va mahalla faollari birgalikda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, hamda tomorqadan samarali foydalanish holati uyma-uy yurib oʻrganmoqda.

Oʻrganishlar jarayonida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha aholining fikrlari va takliflari inobatga olinib, hududdagi ijtimoiy soha obektlarining mavsumga tayyorgarlik holati va moddiy texnik bazasi yetarliligi koʻzdan kechirildi.

Aholi bilan yuzma-yuz suhbatlar vaqtida aniqlangan bir qator muammolarni hokimlik va tuman tashkilotlari yordamida bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

By admin