“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Sardoba tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlariga yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda taʼkidlanganidek, har bir xodim huquqiy savodxonligini oshirishi shart. Ayniqsa, mehnat vazifasini bajarishda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish lozimligiga alohida urgʻu berildi.

Shuningdek, oylik munosabati bilan Guliston shahar Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida oʻtkazilgan tadbirda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishi va uning huquqiy oqibatlari, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalariga rioya etilish kerakligiga toʻxtalib oʻtildi. Xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbirda markaz xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Eslatib o’tamiz, Sirdaryo viloyati bo‘yicha Bandlik sohasida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, Telegram’dagi @SVBandlik_Anticor, Instagramdagi SVBandlik_anticor va ishonch telefoni +99878-2211002 hamda svbandlik.uz veb sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin: shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!

By admin