Boyovut tumani hokimi, 1-sektor rahbari Dilfuza Uralova tumandagi “Bekat” mahallasi binosida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida sektor rahbari tomonidan mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olishlari, kasb-hunar egasi bo‘lishi va ish bilan taʼminlanishi borasida davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida fikr bildirdi. Ishtirokchilarning muammo va takliflari o‘rganildi.
Shuningdek, kasbga oʻqitish va hunar oʻrgatish boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriq berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.